» » Azamatjonning kasalligi uning kozlaridagi quvonchni ogirlagan. Bolaning shifo topishiga hissa qoshaylik!

Azamatjonning kasalligi uning kozlaridagi quvonchni ogirlagan. Bolaning shifo topishiga hissa qoshaylik!


Daryo tahririyatiga Fargona viloyati Quvasoy shahridan Etiborxon Mamajonova 2,5 yoshli farzandi yurak porogidan aziyat chekayotgani, uni davolatishga esa oilaning qoli kaltalik qilayotganini aytib, murojaat qildi.

Uch farzandningonasi Etiborxon Mamajonovaning hikoya qilishicha, 2016-yil 6-iyulda tavallud topgan uchinchi farzandi Azamatjon Xolmatov yurak porogining ogir formasi bilan tugilgan.

Bolakay tez charchab qoladi. Ishtahasi yoq. Tirnoqlari va lablari kokargan. Sogligi kundan kunga yomonlashmoqda.

Tugilgan kunidan beri dard bilan olishayotgan bolakay xuddi katta insonlardek jiddiy. Murgak bolaning kozlarida bolalarga xos bolmagan soniqlik aks etgan.

Bemor bolaning otasi ishlaydi. Onasi uy bekasi. Azamatjon tugilganidan buyon juda kop vaqtini viloyat va poytaxt kardiologiya kasalxonalarida otkazgan. Mutaxassislarning qaroriga kora, uning sogayib ketishi uchun jarrohlik operasiyasi tez orada otkazilishi kerak ekan.

Bugun tibbiyot rivojlangan, kop kasalliklar Ozbekistonning ozida ham davolanmoqda. Azamatjonning yuragini operatsiya qilish kerak.

Oila yaqinda Toshkent shahrida joylashgan Akfa Medline xususiy tibbiy muassasasiga murojaat qilgan. Shifokorlarning tushuntirishlaricha, Azamatjonni ikki marta operasiya qilish talab etiladi.

Birinchi jarrohlik amaliyoti 27 million 900 ming som, ikkinchisi 40 million som, barchasi 67 million 900 ming som boladi, deyishdi, dedi Azamatjonning otasi.

Oilaning moddiy taminotining nochorligi bolakayning davolanishiga, operasiya bolishiga imkon bermayapti.

Operasiya narxi juda qimmatligi sabab bunday katta miqdordagi mablagni tez orada ishlab topa olmaymiz ham. Operasiyagacha bu pulni toplay olmaymiz. Shuning uchun yordam sorab yaxshilarga murojaat qilishga majbur bolyapman.

Saxovatli insonlardan shu oglim Azamatjonning operasiya bolib sogayib ketishida, imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman. Qollaridan kelganicha, imkoniyatlari boricha xolis moddiy yordam bersalar mingdan ming bor minnatdor bolardim, deydi onasi Etiborxon Mamajonova.

Bolaning jajji yuragi shifo topishiga hissa qoshaylik!

Xayriya qilmoqchi bolganlar uchun qoshimcha malumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Otasi Mamajonov Xatam Xalmatovich nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0423 0992 5872

Xorijdan mablag yubormoqchi bolganlar uchun pasport malumotlari:

Mamajonov Xatam Xalmatovich

Pasport raqami: AA 1853775

Otasi Xatam Mamajonovning telefon raqami:+99893 645 29 47(kunduz kunlari ish bilan bolib, telefonga oz vaqtida javob berolmasligi mumkin).

Bemorning akasi Jahongirning telefon raqami:

Telegram:+99893 645 39 89



Manba: Daryo.uz
: admin (28-12-2018, 15:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -