» » “Chelsi” Pulishichni 50 mln yevro evaziga sotib oladigan bo‘ldi

“Chelsi” Pulishichni 50 mln yevro evaziga sotib oladigan bo‘ldi


Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich mavsum yakunida faoliyatini “Chelsi” tarkibida davom ettiradi. Bu haqda Bild nashri xabar beradi.

20 yoshli amerikalik futbolchi allaqachon londonliklar bilan shartnoma tuzishga erishgan.

Avvalroq “Borussiya D” o‘yinchini 70 million yevroga pullamoqchi edi, ammo yozgi transferlar vaqtida Pulishichni “Chelsi”ga 50 million yevro evaziga berishga va’da berdi.

“Aristokratlar” futbolchini yanvar oyidayoq safiga qo‘shib olmoqchi edi.

Yarim himoyachining germaniyaliklar bilan shartnomasi 2020-yilning yozigacha belgilangan.

Xabar berilishicha, Pulishichga “Chelsi”dan tashqari “Tottenhem”, “Bavariya” va PSJ ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Kristian Pulishich ushbu mavsumda “Borussiya D” safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют