» » Islom Karimov haykali uning sobiq qarorgohi — Oqsaroy oldiga qo‘yiladi (foto)

Islom Karimov haykali uning sobiq qarorgohi — Oqsaroy oldiga qo‘yiladi (foto)


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga o‘rnatiladigan haykallar loyihalari bilan tanishdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Islom Karimov uzoq yillar Toshkent markazidagi Oqsaroy qarorgohida ish olib borgan. Bu yerda Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondi va Birinchi Prezident nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat yuritadi.

Qarorgoh oldidagi maydonga Islom Karimov haykali o‘rnatiladi. Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda o‘zbekistonliklar va xorijiy mehmonlarda haykal poyiga gullar qo‘yish hamda Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan tanishish imkoniyati bo‘ladi.

“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida namoyish etilgan eskizlarga ko‘ra, haykal oldida O‘zbekiston obidalari maketlari xiyoboni barpo etiladi. Maketlar orasida Samarqanddagi Registon, Shahrisabzdagi Amir Temur maydoni, Toshkentdagi “O‘zbekiston” forumlar saroyi va boshqalar bor.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 21:58)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют