» » Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati yangilandi

Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati yangilandi


Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati yangilandi. Bu haqda muassasa axborot xizmati Daryoga malum qildi.

Nasimjanov Yunusjon Zoxidovich Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligi etib tayinlandi.

Yu.Nasimjanov 1967-yilda Toshkent shahrida tugilgan. 1991 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 1997-yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. Malumoti boyicha mutaxassisligi iqtisodchi.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1993-yilda Toshkent shahar Sirgali tumani davlat soliq inspeksiyasida Davlat korxonalariga soliq solish bolimi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar Ozbekiston Respublikasi Davlat soliq qomitasi hamda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasida turli rahbar lavozimlarida ishlagan.

Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligi etib tayinlangunga qadar esa Davlat soliq qomitasi Resurs soliqlari boshqarmasi boshligi bolib ishlab kelayotgan edi.

Kabirov Naim Noyobovich Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligining birinchi orinbosari etib tayinlandi.

N.Kabirov 1969-yilda Toshkent viloyatida tugilgan. 1997-yilda Toshkent davlat universitetini, 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Malumoti boyicha mutaxassisligi iqtisodchi.

U sohadagi mehnat foliyatini 1993-yilda Toshkent viloyati Oqqorgon tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar Toshkent viloyatidagi davlat soliq inspeksiyalarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

N.Kabirov Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligining birinchi orinbosari etib tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligi sifatida ishlab kelgan.

Mamatxanov Maqsud Maxmudovich Qoqon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligi etib tayinlandi.

M.Mamatxonov 1987-yilda Fargona viloyatida tugilgan. 2009-yilda Fargona Davlat universitetini tamomlagan. Malumoti boyicha mutaxassisligi iqtisodchi.

U mehnat faoliyatini 2009-yilda Margilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida Axborot-tizimlari shobasi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. M.Mamatxonov hozirga qadar viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda Margilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Qoqon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligi etib tayinlangunga qadar esa Fargona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligining birinchi orinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-12-2018, 21:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -