» » Muhammad Saloh “gol+pas” tizimida APL birinchi davrasini yetakchi sifatida yakunladi

Muhammad Saloh “gol+pas” tizimida APL birinchi davrasini yetakchi sifatida yakunladi


29-dekabr, shanba kuni Angliya premyer ligasining 20-tur bahslari doirasida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Arsenal” qarshi o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida misrlik futbolchi Sadio Manega golli pas berdi va 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltidan Bernd Leno darvozasiga gol urdi.

Hozirda Saloh hisobida 19 ta uchrashuvda “gol+pas” tizimida 20 ochko (13 ta gol va 7 ta golga assistentlik) mavjud.

U joriy mavsum APL doirasida ushbu natijani qayd etgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi. Misrlik hujumchi (13 ta gol) to‘purarlar bahsida Pyer-Emerik Obameyang va Harri Keyn bilan kurash olib bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-12-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют