» » Rasman: Kristian Pulishich “Chelsi” futbolchisiga aylandi

Rasman: Kristian Pulishich “Chelsi” futbolchisiga aylandi


“Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi Kristian Pulishich yozgi transferlar vaqtida “Chelsi”ga o‘tadi, deya xabar berdi dortmundliklar rasmiy sayti.

Klublarning kelishuviga binoan, 20 yoshli yarim himoyachi Dortmundda joriy mavsumni ijara asosida yakunlab qo‘yadi.

Londonliklar amerikalik futbolchi uchun 64 million yevro to‘laydi. Shu bilan birga, u nemis klubida bepul ijarada bo‘ladi.

Pulishich 2015-yilda “Borussiya” akademiyasiga qo‘shilgan. U yoshlar va o‘smirlar jamoalarida to‘p surgan va 2016-yilda Bundesligada debyut uchrashuvini o‘tkazgan.

Kristian Pulishich 2016/17-yilgi mavsumdan boshlab, Dortmundning asosiy tarkibi o‘yinchisi hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют