» » Jizzaxda oilali erkakka nisbatan tovlamachilik qilgan qiz 1,5 yilga qamaldi

Jizzaxda oilali erkakka nisbatan tovlamachilik qilgan qiz 1,5 yilga qamaldi


Jizzaxda tovlamachi qiz sudlandi, deb xabar berdi jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi matbuot xizmati.

Jizzax shahrida yashovchi (sudlanuvchi va jabrlanuvchining ismi o‘zgartirilgan) Ch.Fayozov 2017-yilning dekabr oyida shahar hududida o‘ziga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashinasida kirakashlik qilib yurgan vaqti Ye.Markova bilan tanishib qoladi. Ye.Markova unga pul zarur bo‘lganligi sababli Surxondaryo viloyatidan ish izlab kelganligini aytib, oilaviy sharoiti og‘irligini tushuntiradi, shunda unga ish topishda yordam berish maqsadida shu kuni kechga qadar Ch.Fayozov u bilan birga ish izlaydi, so‘ng choyxonada birga ovqatlanib, Ye.Markovani ijarada turgan uyiga olib borib qo‘yadi.

Shundan so‘ng Ch.Fayozov Ye.Markova bilan yaqin munosabatda bo‘lib, u bilan tez-tez uchrashib turib, Ye.Markovaga ish topguniga qadar unga moddiy yordam berib keladi.

Ye.Markova 2018-yil mart oyiga qadar ish topa olmaganidan so‘ng, Ch.Fayozov unga boshqa moddiy ta’minlay olmasligini, o‘zini oilasini boqishi kerakligini aytadi. Shunda Ye.Markova unga “men ko‘chada qolmaganman, meni shunchalik ahmoq qilib tashlab ketaolmaysan, mahallangga, uyingga borib, seni xotinbozligingni aytib, hammaning oldida sharmandangni chiqaraman” deb uni qo‘rqita boshlaydi.

Shunda Ch.Fayozov oilasi buzilib ketishi va mahalla oldida sharmanda bo‘lishdan qo‘rqib, u bilan aloqani uzmasdan uchrashib yuradi.

Ch.Fayozov 2018-yil 20-iyul kuni Ye.Markovaga oilasi va farzandlari borligini, oilasi buzilib, bolalari yetim bo‘lib qolishini xohlamasligini, tinch yo‘l bilan aloqani uzishlikni aytganida, Ye.Markova unga jahl qilib, “mahallangga boraman, qo‘ni-qo‘shnilaring oldida sharmanda qilaman” deb qo‘rqitadi. Ch.Fayozov undan tinch ajrashib ketish uchun nima qilishi kerakligini so‘raganida, u 1 000 000 so‘m pul berishni talab qiladi

Ch.Fayozov Ye.Markovaga 1 000 000 so‘m bera olmasligini aytganida, biror hujjatini unga berib ketishni, u aytgan 1 000 000 so‘m pulni olib kelganda, hujjatini qaytarib olib ketishni aytib, Ch.Fayozovning haydovchilik guvohnomasini garov tariqasida olib qoladi.

So‘ng Ch.Fayozov u aytgan pullarni topa olmaganligi uchun 2018-yil 27-iyul kuni Jizzax viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, Ye.Markova uni tinch qo‘yish uchun 1 000 000 so‘m talab qilayotganini aytadi.

IIB xodimlari Ch.Fayozovga 1 000 000 so‘m pullarga maxsus ishlov berib, shuningdek Ye.Markova bilan gaplashish uchun diktafon beradi.

Ye.Markova 1 000 000 so‘m pullarni Ch.Fayozovdan tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida IIB xodimlari Ye.Markovadan 1 000 000 so‘m pullarni ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olib, Ye.Markovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasining (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan ko‘rilib, sudning 2018-yil 19-noyabr kungi xukmi bilan Ye.Markova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasining (tovlamachilik) 1-qismidako‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют