» » Wizz Air samolyotini yashin urdi

Wizz Air samolyotini yashin urdi


Polshadan Norvegiyaga parvoz amalga oshirayotgan Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi samolyotini yashin urdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Gdansk—Stavanger (Norvegiya) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyotni 3-yanvar kuni yashin urdi. “Xavfsizlik choralariga rioya qilib samolyot Gdanskka qayta qo‘ndi. Qo‘nish muammolarsiz amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.

Yo‘lovchi samolyoti Wizz Air aviakompaniyasiga qarashli bo‘lib, qo‘nish odatiy tartibda amalga oshirildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют