» » Yurak porogiga chalingan ona yaxshi insonlardan najot kutmoqda!

Yurak porogiga chalingan ona yaxshi insonlardan najot kutmoqda!


“Daryo” tahririyatiga Lazokat Nishonova murojaat qilib, yurak porogini davolash uchun o‘tkaziladigan jarrohlik amaliyotiga to‘lanadigan pulni yig‘ishga yordam so‘radi.

“13 yoshimda revmatizm kasaliga chalinganman. Revmatizm kasalligiga qarshi kurashib, davolanib yurganimda yurak porogi kasalligi ham paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng doktorlarga murojaat qilganimda, ular yurak klapanlarim ishlamayotganligini aytishdi. Bir necha kun avval 15-shahar shifoxonasining ‘Ko‘krak kasalliklari jarrohligi’ bo‘limida bo‘lgan tekshiruvda mening 5 santimetrli yuragim 1,5 santimetrga torayib ketganligini aytishdi. Doktorlar, agar klapanlar operatsiya qilinmasa, nafas olishim yomonlashib boraverishini va natijada kasal bo‘lib, yotib qolishimni ta’kidlashdi.

Shu kunlarda uyda yotib, davolanib turibman. 11-dekabrda operatsiya bo‘lishi kerak edi, lekin oshqozonimda ham muammo bor ekan. Agar operatsiya vaqtida oshqozonda ichki qon ketish sodir bo‘lsa, bu doktorlarga yanada muammo tug‘dirishini va mening o‘zimga ham qiyin bo‘lishini aytishdi. Operatsiya qilinmasa bo‘lmas ekan, lekin mablag‘dan qiynalib qoldik. Imkoni borlar yordam berishsa, dardlardan qutulib, oilam bilan chiroyli hayot kechirsam deyman”, — deydi Lazokat opa kasalligi haqida gapirar ekan.

Operatsiya 8-yanvarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Lazokat opaning o‘g‘li Tohirning ta’kidlashicha, onasi ba’zan kechalari uxlamasdan chiqadi. O‘g‘il va kelin galma-galdan Lazokat opa bilan birga o‘tirib, unga qarab o‘tiradi.

“Gohida boshlarini tagini baland qilib qo‘yamiz, gohida pastlatamiz. Xonalari issiq bo‘lganligi uchun oynani ochib qo‘yishga majbur bo‘lamiz, oyna ko‘p ochiq tursa xona ham sovib ketadi. Kechalari yuraklari ko‘p og‘riydi, tuni bilan qiynalib chiqadilar. Ularga qiyin bo‘lyapti, kasallik qattiq bezovta qilyapti”, — deydi o‘g‘li.

Barcha saxovatpesha yurtdoshlarimizdan imkoni boricha og‘ir dard bilan kurashayotgan onajonga yordam berishlarini so‘raymiz!

Lazokat opaning o‘g‘li Tohirning nomiga ochilgan plastik karta raqami: 

8600 1404 8850 5927

Telefon raqami: 97-712-64-99 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют