» » Chirchiqlik askar o‘zi tarbiyalangan Mehribonlik uyida mehmon bo‘ldi

Chirchiqlik askar o‘zi tarbiyalangan Mehribonlik uyida mehmon bo‘ldi


Muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Andrey Fumin Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyida tarbiyalangan. Bolaligidan harbiy sohaga mehri tushgan o‘g‘lon orzusiga erishdi. Hozir u Sharqiy harbiy okrugida o‘z yigitlik burchini ado etmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Vatanparvarlik oyligi doirasida harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan Andrey Fuminga o‘zi tarbiyalangan mehribonlik uyiga mehmonga kelish va yoshlar bilan samimiy muloqot qilish imkoni yaratildi.

– Bilasiz, Mehribonlik uyiga harbiylar ko‘p tashrif buyuradi. Men har gal ular bilan suhbatlashganimda qalbimda o‘zgacha iliqlikni his qilardim. Egnidagi libosi o‘ziga yarashgan, gap-so‘zlaridan o‘ziga ishonch va qat’iyat sezilib turadigan bu insonlarga qarab, “qaniydi men ham kelajakda ulardek harbiy bo‘lsam”, deb niyat qilardim. Yillar o‘tib havas istakka, istak esa maqsadga aylandi. Mana niyatim amalga oshdi. Endi men ham Vatan posboniman va bundan g‘ururlanaman, – deydi Andrey bolajonlar bilan suhbatda.

Andreyni havas bilan tinglab o‘tirgan yuzlab qorako‘zlar askar akalarini birin-ketin savolga tuta boshladilar.

“Askar bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanish shartmi?”, “Harbiy qismda askarlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib bering”, “Bo‘sh vaqtlaringiz qanday o‘tadi?”, “Kelajakda qaysi kasbni tanlamoqchisiz?” deya Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

Samimiy o‘tgan muloqot bolalar uchun taassurotlarga boy bo‘ldi.

Shuningdek, shu kunning o‘zida Chirchiq shahrida “Askar – mahalla mehmoni” tadbiri ham o‘tkazildi. Tadbir doirasida ayni vaqtda Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan muddatli harbiy xizmatchi, oddiy askar Husniddin Tolipov o‘z uyiga mehmon bo‘ldi. Yaqinlar diydori, bir piyola choy ustidagi suhbat ko‘ngillarni eng yaxshi hislar bilan oshno qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют