» » Samarqandda qidiruvda bo‘lgan 516 nafar shaxs ushlandi

Samarqandda qidiruvda bo‘lgan 516 nafar shaxs ushlandi


Samarqand viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda 516 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlanib, ularga nisbatan e’lon qilingan qidiruv bekor qilindi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand viloyat IIB va Samarqand viloyat prokuraturasi hamkorligida joylarda qidiruvdagi shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organga kelib, ularning ayblovi yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha haqiqatni aniqlashda ko‘maklashish istagini bildirgan 64 nafar shaxsga nisbatan muqaddam qo‘llanilgan qamoq, “munosib xalq-atvorda bo‘lish haqida”gi tilxat ehtiyot choralari o‘rganildi. Ularga nisbatan yuritilgan qidiruv yig‘ma jildlari bekor qilinib, o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi.

Jumladan, 2018-yil davomida insonparvarlik va odillik prinsiplariga asoslangan holda adashib jinoyat yo‘liga kirib qolgan, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etgan 51 nafar (30 nafari ayol, 21 nafari erkak) shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari amnistiya aktlariga asosan tugatildi.

Yil davomida yuqorida qayd etilgan va Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasining davlatlararo hamda viloyatlararo hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 2017-yilning shu davriga nisbatan qidiruvdagi shaxslar 317 nafarga kamayishiga erishildi.

Shuningdek, 2018-yilda boshqa davlatlarda yashirinib yurgan 72 nafar shaxs aniqlanib, O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют