» » Eron AQSh qirg‘oqlariga harbiy kemalarini yuboradi

Eron AQSh qirg‘oqlariga harbiy kemalarini yuboradi


Joriy yil mart oyida Eron kemalari Atlantika okeaniga, AQSh qirg‘oqlariga jangovar navbatchilikni o‘tash uchun jo‘nab ketadi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Yo‘nalish uzoqligi uchun missiya 5 oygacha vaqt olishi mumkin”, — aniqlik kiritdi Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari.

Eron kemalarining Atlantika okeaniga yo‘l olishi AQSh flotining Fors ko‘rfaziga kirishiga javob bo‘lishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018-yilning 21-dekabr kuni AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS John C. Stennis atom aviatashuvchisi boshchiligidagi kemalar guruhi Fors ko‘rfazi akvatoriyasiga kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют