» » Kasb-hunar kollejlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga kiritildi

Kasb-hunar kollejlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga kiritildi


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, vazirlik tizimiga quyidagi yangi tuzilmalar kiritildi:

Malakani baholash markazlari;

Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari;

Kasb-hunar kollejlari;

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;

“Ishga marhamat” band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi “Monomarkaz” MCHJ;

O‘zbekiston—Malayziya kasb-hunar ta’limi markazi;

Oldindan ko‘niktirish va kasbga tayyorlash markazlari.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari negizida ishga joylashtirish sohasida “bir darcha” tamoyili bo‘yicha kompleks xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy ofislar tashkil etiladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq vazirlik ixtiyoridagi 2-Toshkent yuridik kolleji Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют