» » Samarqand tumanida 6 gramm opiy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari chiqdi

Samarqand tumanida 6 gramm opiy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning uyidan ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalari chiqdi


Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida Samarqand tumani “Joyi soy” mahallasida yashovchi fuqaro S.N. opiy giyohvand vositasini sotayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tadbir davomida S.N.ning yonidan 6,02 gramm opiy giyohvand vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Olib borilgan surshtiruv ishlari natijasida fuqaro S.N.ning yashash xonadonidan 365,85 gramm opiy giyohvand vositasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют