» » Qora dengizga NATOning yana bir harbiy kemasi kiritiladi

Qora dengizga NATOning yana bir harbiy kemasi kiritiladi


NATOning amaldagi doimiy guruhlaridan biri bo‘lgan Niderlandiyaning harbiy kemasi Qora dengizga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NATOning Ukraina missiyasi boshlig‘i Vadim Pristayko ukrain telekanallaridan biriga 9-yanvar kuni bergan intervyusida e’lon qilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.

“Hozirda faoliyat yuritayotgan guruhlar mavjud. Masalan, shunday guruhlardan biri Niderlandiya. Uning kemasi faqatgina boshqaruvni o‘z bo‘yniga oldi va hozirda Qora dengizga kirishga tayyorlanyapti,” – deydi elchi.

Pristayko harbiy kemalar Qora dengizga tez-tez kirishini ta’kidlab o‘tgan.

“Xalqaro kema qatnovini tartibga soluvchi konvensiya (Montre konvensiyasi) Qora dengiz atrofida joylashmagan davlatlar uchun uning bo‘g‘ozlaridan o‘tuvchi harbiy kemalar soni va yuk sig‘imiga cheklov qo‘yishi kerak. Shuningdek, ular qancha muddat Qora dengiz hududida qolishi mumkinligini ham belgilab berishi kerak,” – deydi Pristayko.

Pristaykoning so‘zlariga ko‘ra, NATO kemalar rotatsion (aylanish) tamoyilidan foydalanmoqchi. Ya’ni, bir kema bo‘g‘ozga kirib kelishi bilan boshqasi chiqib ketishi kerak.

Avvalroq, AQSh harbiy dengiz xizmati desant kemasi Fort McHenry Qora dengizning Konstantsu rumin portiga kirib kelgan.

Shuningdek, Turkiya hukumati 8-yanvar kuni Kiev vaqti bilan soat 10:50da qor yog‘gani sabab, Bosfor bo‘g‘ozida kemalar qatnovini to‘xtatib qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют