» » Samarqand davlat universitetida Xalqaro qishki maktab tashkil qilindi

Samarqand davlat universitetida Xalqaro qishki maktab tashkil qilindi


7—9-yanvar kunlari Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti bilan hamkorlikda Samarqand Davlat Universiteti Xalqaro qishki maktab tashkillashtirdi. Tashkilotchilar kelajakda bu ijobiy tadbirning bir an’anaga aylanib qolishiga va har bir semestrda muayyan bir tilshunoslik mavzusiga bag‘ishlanib o‘tkazilib borishiga umid qilmoqda.

Samarqand davlat universiteti o‘zining intensiv ta’lim kurslari va ilmiy faoliyati tufayli O‘zbekiston OTMlari orasida o‘z o‘rniga ega, dinamik ravishda rivojlanayotgan universitetlardan biridir. Aytish joizki, mazkur Xalqaro qishki maktab nafaqat SamDUda, balki respublikada birinchilardan bo‘lib tashkil etilayotgan bo‘lib, bu oliy ta’lim muassasasining xalqaro ta’lim standartlariga o‘tish yo‘lida jiddiy qadamlar qo‘yayotganligidan dalolatdir.

Ushbu maktabga mamlakatning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 100 dan ortiq amaliyotchi va bo‘lg‘usi til o‘qituvchilari chet tillarni o‘qitish masalalariga bag‘ishlangan bunday jiddiy tadbirni tashkil qilganliklari uchun universitet ma’muriyatiga minnatdorchilik bildirishdi.

Ushbu Xalqaro Qishki maktab unda qatnashuvchilarga “21-asrda o‘qituvchilar tayyorlash va professional o‘sish” mavzusida jiddiy nazariy va amaliy darslar o‘tish va ma’lumotlar berish maqsadida tashkil qilindi. Uch kun ichida, qatnashuvchilar turli seminarlarga jalb qilindi. Maktabning dasturiga aralash kurslar va sinf xonasini tubdan o‘zgartirish, loyihalarga asoslanib o‘rganish, ta’limda zamonaviy usullarni qo‘llash, yuqori nufuzli jurnallarda chop qilish, sinfni boshqarish, universitet-ishlab chiqarish sohasi hamkorligi, 21-asrda til o‘rganish va o‘rgatish, ta’lim sohasi islohotlari, talabga javob beradigan ta’lim mazmuni taklif qilish kabi hozirki kunda chet tillarini o‘qitishda muhim masalalar kiritilgandi.

Xalqaro qishki maktab treneri, o‘zbekistonlik mutaxassis, amaliy tilshunoslik sohasi eksperti, fan doktori Azamat Akbarov, bunday ulkan tadbirni tashkil qilishda o‘z xizmatlarini ko‘ngilli tarzda taklif qildi. Hozirda u Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professoriridir. Uning umumiy ingliz tili va amaliy tilshunoslikning turli jabhalarida katta tajribaga ega, va bu sohalarda ko‘plab maqola va ilmiy ishlar chop qilgan. Shuningdek, Akbarovning turli tillarda ishlash tajribasi ham bor. U fransuz, qozoq, turk, rus, koreys, bosniya va o‘zbek, hamda ingliz tillarida ish olib borgan. U Xalqaro Chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik konferensiyasi raisi, Qozog‘iston amaliy tilshunoslik assotsiatsiyasi prezidenti, Chet tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik jurnali (Foreign Language Teaching and Applied Linguistics) bosh muharriri.

Dastur ishlari tugagach, tadbirga qatnashgan mutaxassislarga halqaro standartda sertifikatlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют