» » Farg‘onada 2018-yilda 152 mln dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etildi

Farg‘onada 2018-yilda 152 mln dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb etildi


Farg‘onada 2018-yilda viloyat iqtisodiyotiga 152,7 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya mablag‘lari jalb etildi. Bu 2017-yilda o‘zlashtirilgan investitsiyalarga nisbatan 3,2 barobar ko‘pdir. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan Farg‘ona viloyatida 105 million dollarlik 13 ta loyihani amalga oshirish, mavjud imkoniyatlar asosida ularning salmog‘ini ko‘paytirish, ko‘plab davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘tgan yili viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga investitsiyalar kiritish hajmini kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq tashriflar amalga oshirildi.

2018-yil 12–14-iyul kunlari Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida qiymati 407,2 million dollar miqdoridagi memorandum imzolandi. Mazkur hamkorlik bitimlarida qurilish mollari ishlab chiqarish, avtomobil sanoati uchun zarur butlovchi qismlar ishlab chiqarish, kimyo va neft mahsulotlarini ikkilamchi qayta ishlash orqali sulfat, polimer va uglerod ishlab chiqarish, chinni buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ayni paytga qadar mazkur kelishuvlar asosida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Xitoyning The Urumqi Silk Road Power Trading kompaniyasining 3,4 million dollar miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘zlashtirilishi evaziga avtomobillar uchun gaz balloni va butlovchi qismlar ishlab chiqarish hamda Zibo Herui China kompaniyasining 2,3 million dollar miqdoridagi investitsiya mablag‘larini o‘zlashtirish evaziga kafel ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning 2018-yil 23–26-iyul kunlari Koreyaga xizmat safari natijasida Farg‘ona viloyati va “Incheon” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi ko‘magida 222,5 million dollar qiymatida 8 ta qo‘shma investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha boshlang‘ich kelishuvlarga erishildi.

Janubiy Koreyaning ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda Farg‘ona shahridagi “Vinchemikal” qo‘shma korxonasida qiymati 2 million dollar bo‘lgan, qurilish materiallari sanoatida O‘rta Osiyoda yagona termo izolyatsion oboylar ishlab chiqarish hamda “Listem Fergana” qo‘shma korxonasida rentgen apparatlari ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 8 million dollarlik loyiha ishga tushirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют