» » 2019-yil 1-martdan boshlab Jizzax viloyatida “Ilg‘or hudud” sinov loyihasi amalga oshiriladi

2019-yil 1-martdan boshlab Jizzax viloyatida “Ilg‘or hudud” sinov loyihasi amalga oshiriladi


Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Hujjat matnini O‘zA keltirib o‘tdi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) va Jizzax viloyati hokimligining 2019-yil 1-martdan boshlab Jizzax viloyatida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ilg‘or hudud” sinov loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi:

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish sohasini tahlil qilish va baholash;

hududni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or qarorlarni aniqlash, shuningdek, respublika va hududiy ijro hokimiyati organlarining javobgarlik sohasini aniqlashtirish;

hududning strategik maqsadlari, shuningdek, hududiy davlat boshqaruvi organlari uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;

tarkibiy islohotlar yordamida investitsiyaviy muhitni yaxshilash;

“Bir qishloq – bitta mahsulot” tamoyili bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni jadallik bilan yaratish;

iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish va sanoatning yangi tarmoqlarini rivojlantirish, Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

Agentlik sinov loyihani tizimli va samarali tayyorlash hamda amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi.

Agentlikning sinov loyihani amalga oshirish doirasida qabul qilgan qarori, boshqaruv xususiyatidagi topshiriqlardan tashqari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, xo‘jalik subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, idoralar va Jizzax viloyati hokimligining Agentlik bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlaydi hamda sinov loyihani amalga oshirish bo‘yicha Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda har tomonlama ko‘maklashadi.

Agentlikka Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish vakolati beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют