» » Toshkentda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan yugurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan yugurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi


13-yanvar kuni Mudofaa vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari o‘rtasida “Sog‘lomlashtirish aksiyasi” o‘tkazildi. Unda 300 nafarga yaqin harbiy xizmatchi bilan birga professional sportchilar ham ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi raisi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari so‘zga chiqib, barchani 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

Ishtirokchilar uzoq masofaga yugurishi oldidan Vatanga qasamyod monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqaga Qurolli Kuchlar davlat muzeyi oldida start berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Finish chizig‘i Xalqlar do‘stligi maydonida bo‘lib, ikki manzil orasidagi masofa 10 kilometrdan oshdi.

Belgilangan marraga yetib kelgan ishtirokchilarni harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda poytaxt aholisi va mehmonlari tantanali tarzda kutib oldi.

Erkaklar o‘rtasida marraga birinchi bo‘lib, Mudofaa vazirligi Sport klubi vakili Shoxruh Dovlatov yetib kelgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida birinchilikni Mudofaa vazirligi sport klubining yana bir yorqin vakili Katya Tunguskova qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida:

Ayollar o‘rtasida:

G‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют