» » Olti farzandni yolg‘iz o‘stirayotgan ayolning boshiga kulfat tushdi: Ikki jigargo‘shasi og‘ir kasallikka chalindi

Olti farzandni yolg‘iz o‘stirayotgan ayolning boshiga kulfat tushdi: Ikki jigargo‘shasi og‘ir kasallikka chalindi


Namangan viloyati Kosonsoy tumani Bog‘ishamol MFY Bog‘ ko‘chasi 99-uyda istiqomat qiluvchi Hamidovlar xonadonida olti farzand dunyoga kelgan.

Ulardan uchinchi farzand Dilshodbek ayni kunda xasta. Jigar serrozi kasalligining so‘nggi bosqichida azob chekyapti. Bu kasallik bilan yetti yildan beri og‘rib keladi.

Oila boshlig‘i bundan 13 yil avval vafot etgan.

Oilaning kenja oltinchi farzandi 15 yoshli Nilufarxon Hamidova esa tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekadi.

Onasining so‘ziga ko‘ra, farzandi Nilufarxonda 5 yoshida “YUTH. Qorinchalar aro to‘siq nuqsoni” tashxisi qo‘yilgan.

Nilufarxon tug‘ma yurak nuqsoni sababli maktabga borib o‘qiy olmayapti. U o‘tgan 2018-yilning sentabr oyidan buyon o‘qishni davom ettirish uchun salomatligi tiklanguncha uyida yakka tartibda ta’lim olmoqda.

Nilufarxon yurak porogi bilan dunyoga kelgan. Shu sababdanmi, to bugunga qadar faol jismoniy harakat qila olmaydi. Tez charchab qoladi, ora-orada ishtahasi yo‘qolib, o‘zini lohas his etadi. Nilufarxonning yuragida tez orada operasiya o‘tkazish lozim. Buning uchun esa juda katta mablag‘ talab etiladi.

“Shuncha harakat qildik, qarz olib dorilariga, davolanishiga sarflab keldik. Oxiri imkonimiz qolmadi. Yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Gulday qizim 15 yildan beri yurak kasalligi bilan kurashib kelmoqda. Dadasi bundan 13 yil oldin olamdan o‘tib ketgan. Turmush o‘rtog‘imning vafotidan keyin men ham ota, ham ona bo‘lib juda qiynalib, oltita farzandimni voyaga yetkazdim. Farzandlarimning yetarli miqdorda ovqatlantira olmaganim uchun, kasal bo‘lganlarida davolata olmaganim sabab hozirda hammasining sog‘lig‘i yaxshi emas. Akasi Dilshodbek 7 yildan beri jigar kasalligi bilan og‘rib keladi. Unga 2012-yilda jigar serrozi, gepatit B tashxisi qo‘yilgan.

Farzandim 7 yildan beri har 2—3 oyda shifoxonada davolanishi kerak bo‘lsada, imkonimiz yetmay, davolanish muolajalarini olmayotganligi uchun sog‘ligida ijobiy natija bo‘lmayapti. Uning ahvoli kundan kunga og‘irlashmoqda.

O‘g‘limning bitta muolajasiga 3—4 million so‘m ketayapti. Bitta dorisini o‘zi 1 million so‘m atrofida. Shifokorlar o‘g‘limda yaqinda yana ikkita kasallikni aniqladi. Operasiya kilish zarur deyishdi. Uyimiz bir ahvolda, hamma narsani olib chiqib sotib bo‘ldik, sotadigan hech narsamiz qolmadi. Nochor holatga kelib qoldik.

Farzandim Nilufarxonni bir necha bor Toshkentga ham olib bordim. Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti (eski SAMPI) shifokorlari tekshirdi. Ular davosi faqat operatsiya dedi.

Hali qizim Nilufarxon juda yosh, hamma qatori baxtini ko‘rishni istayman. Yaxshi niyatda yaxshi insonlardan yordam so‘rashga majbur bo‘ldik. Boshimizga tushganini birovga ravo ko‘rmayman. Qilgan yordamlaringiz haqiga bir umr duoda bo‘laman”, — dedi O‘g‘iljon aya.

Nilufarning sog‘ayib ketishiga hissa qo‘shaylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Onasi Xalilova Ug‘uljon Xapizovna nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0417 7310 7603

Milliybank: 8600 0204 8020 2626

Agrobank Namangan viloyati Kosonsoy tumani filiali rekzvizitlari:

226180000 99051302500

Xalqaro pul o‘tkazmalar uchun: Uguljon Khalilova

Agrobank Visa elektron plastik kartochka: 4187-8200-0010-1723

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma’lumotlari:

Xalilova O‘g‘iljon Xapizovna

Pasport raqami: AC 0863911

Onasining telefon raqami:

+99891 179 46 78



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют