» » Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli binolari

Fotogalereya: Dunyoning eng chiroyli binolari


Business Insider jurnali xodimlari yangi tendensiyalar o‘rnatib, arxitektura sohasida haqiqiy inqilobni amalga oshirgan dunyoning eng chiroyli binolari reytingini tuzdi. Buning uchun ekspertlar arxitektorlar orasida so‘rov o‘tkazdi. TravelAsk ana shunday maftunkor binolar suratlarini taqdim etdi.

Parfenon Afina xudosi sharafiga Afinada barpo etilgan Akropolning eng muhim binosidir. Bino mamlakat bo‘ylab eng yaxshi qurilish materiallari keltirilgan holda 15 yildan ortiq vaqt davomida qurilgan. Parfenondagi har bir kichik detal o‘ziga xos shaklga ega.

Mazkur saroyda Braziliya Milliy kongressining majlislari bo‘lib o‘tadi. Bino mashhur arxitektor Oskar Nimeyerning loyihasi asosida qurilgan. Bu haqiqiy futuristik fantaziyadir.

Bu dunyodagi eng katta saroy majmuasi: uning maydoni 720 ming kvadrat metrdir. Taqiqlangan shahar XV asrda qurilgan. Uning barpo etilish o‘rnini aniqlagan astronomlar fikricha, bu joy yer sharining markazidir.

Bu arxitektura mo‘jizasi 2014-yilda ochildi. Biroq bu qisqa davr ichida bino Floridaning haqiqiy madaniy ramziga aylandi. Ilmiy markaz ispaniyalik Santyago Kalatrava tomonidan qurilgan bo‘lib, qurilish ishlari uchun 60 million dollarga yaqin mablag‘ sarflangan.

Xubertus uyi yarim asr avval barpo etilgan. U yolg‘iz ota-onalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy turar-joydir. Aynan shuning uchun mazkur olti qavatli bino yorqin ranglarga bo‘yalgan.

Empire State Building arxitekturada haqiqiy burilish yasadi: bino qurilgan paytda (1931-yil) originallik va balandligi bo‘yicha unga o‘xshash bino bo‘lmagan. Uzoq vaqt davomida bu osmono‘par bino sayyoraning eng baland binosi bo‘lib keldi.

Oskar Nimeyerning yana bir mo‘jizasi bo‘lib, u ham Braziliyada joylashgan. “Qachonlardir shahar ustidan uchib o‘tgan uchar likopcha bu joylarning chiroyiga maftun bo‘lib, shu yerda abadiy qolishga qaror qilgan”, — deydi arxitektor mazkur bino xususida.

Mazkur cherkov 1989-yilda qurilgan. Loyiha ustida mashhur arxitektor Tadao Ando ish olib borgan. Ibodatxona Xudo bilan muloqot qilish uchun ortiqcha hasham kerak emasligining isbotidir.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют