» » Peruda yuzdan ortiq bolalar dafn etilgan qabriston topildi

Peruda yuzdan ortiq bolalar dafn etilgan qabriston topildi


Peruda arxeologlar bolalar va lama qoldiqlari bo‘lgan ommaviy qabriston borligini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

“Biz 132 nafar bola va 262 ta lama dafn etilgan qabriston qoldiqlarini topdik, — deydi arxeologlardan biri Gabriel Prieto. — Aftidan, dafn etilgan bolalarning 10 nafari Chimu elitasiga tegishli. Ular patdan tayyorlangan bosh kiyim va sifatli materialdan tikilgan kiyimlarda bo‘lgan”.

Xabarda aytilishicha, Peruning shimolidagi Uanchako hududida topilgan ushbu mozorda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar dafn qilingan.

Ushbu topilma unda Chimu madaniyatida quyi ijtimoiy qatlamlari dafn qilinishidan tashqari, Chimu rahbarlarining farzandlari ham qurbonlik qilinganidan dalolat beradi. Bunday qurbonliklar noqulay tabiiy sharotlardan qutulish maqsadida amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют