» » Floridada muzlatgichga kirib qolgan uch nafar bola halok bo‘ldi

Floridada muzlatgichga kirib qolgan uch nafar bola halok bo‘ldi


AQShning Florida shtatida 1, 4 va 6 yoshdagi bolalar hovlida o‘ynab yurgan vaqtda noma’lum sabablarga ko‘ra ko‘chada turgan muzlatgichning ichiga kirishga qaror qilgan. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.

Ismi oshkor qilinmayotgan ayol bolalar o‘ynayotgan paytida ko‘chada bo‘lgan, ammo hodisadan bir oz muddat oldin uyiga kirib ketgan.

“Ayol ko‘chaga qaytganda bolalarni topa olmagan va kunduz bo‘lishiga qaramay tunggi smenadagi ishiga tayyorgarlik ko‘rib, uxlayotgan qo‘shnisini uyg‘otgan. Ular ikki kishi bolalarni qidiruviga tushgan”, — deyiladi Suvanni okrugidagi politsiya ofisida.

Ayollar qidiruvdan 30—40 daqiqa o‘tgach bolalarni muzlatgichdan topgan, u vaqtga kelib bolalar nafas olishdan to‘xtagan. Ayollar zudlik bilan “911” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bolalarga birinchi yordamni ko‘rsatishni boshlagan.

Suvanni okrugi qutqaruvchilari bolalarni mahalliy kasalxonaga yetkazgan, ammo shifokorlar ularni asrab qololmagan.

Keyin aniqlanishicha, bolalar muzlatgichga kirganidan so‘ng muzlatgich eshigi yopilib zulfini tushib qolgani sababli bolalar u yerdan chiqa olmagan.

Ayni damda politsiyaning ayollarga nisbatan hech qanday gumoni yo‘q, tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют