» » Yilning eng yaxshi adliya xodimi 15 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi

Yilning eng yaxshi adliya xodimi 15 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi


Adliya vazirligi tomonidan “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” hamda “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Buxoro davlat universitetida o‘tkazilgan mazkur ko‘rik-tanlovda barcha viloyatlardan o‘z hududida eng yaxshi, deb saralangan bo‘limlar va adliya xodimlari ishtirok etdi. Bu haqda Buxoro viloyat Adliya boshqarmasiga tayanib, jurnalist Laylo Hayitova ma’lum qildi.

“Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni sohaga tegishli slaydlar orqali va nutq madaniyati orqali ko‘rsatib berishdi. Bundan tashqari, huquqiy bilimlarini test orqali sinovdan o‘tkazishdi. Huquqiy muammolarga adliya xodimi tomonidan taqdim etilgan takliflar baholandi. Shuningdek, ishtirokchilarning Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 230 dan ortiq qonun hujjatlari va loyihalar borasidagi bilimlari aniqlandi. Bu kabi ko‘rik-tanlovlar xodimlarning ishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartiradi”, — dedi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Rahmatov.

“Yilning eng yaxshi adliya xodimi” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni Namangan viloyati Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sardorbek Azizov egallab, 15 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni egallagan xorazmlik ishtirokchi Rahmon Sattarov 10 million, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan surxondaryolik Sayqalbek Allayorov 7,5 million so‘m bilan taqdirlandi.

Xuddi shuningdek, “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘ringa Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani adliya bo‘limi sazovor bo‘lib, 15 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘ldi. Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi 10 million, uchinchi o‘rinni egallagan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani adliya bo‘limi 7,5 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют