» » Xalq qabulxonalari aholi muammolarini uyma-uy yurib aniqlaydi

Xalq qabulxonalari aholi muammolarini uyma-uy yurib aniqlaydi


Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

2019-yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi tizim yaratiladi.

Hududlar mahallalar va xonadonlar kesimida tahlil qilinadi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Ushbu rejalar ijrosi Prezident Administratsiyasi tomonidan bevosita nazorat qilinadi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishib shakllantiriladi.

Farmon bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют