» » Kundalik ish kiyimlari borasida maslahatlar

Kundalik ish kiyimlari borasida maslahatlar


Agar siz ofisda ishlasangiz va dress-kod boshqa uslublarni sinab ko‘rishga yo‘l qoldirmaydi deb o‘ylasangiz – bu maqolamiz aynan siz uchun. Biz siz uchun eng aktual bo‘lgan qarorlarni tanladik.

Bu kiyim sizning rasmiy qiyofangizni ta’kidlaydi va kun bo‘yi o‘zingizni qulay his qilishingizga yordam beradi.

Qalam yubka yaxshi turishini xohlasangiz tikuvchiga olib boring va belingizga yopishib turadigan qilib tikdiring.

Bu yerda eng asosiysi — kun oxirida bluzka pala-partish va shalvirab qolmasligi uchun hech qanday burma va hoshiyalarsiz bo‘lishi. Bu kundalik kiyimni yubkalar bilan ham, shimlar bilan ham kiyish mumkin.

Qalin jun gazlamadan tikilgan keng shimlar kundalik qiyofangizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz har doim qo‘l keladi.

Agar sizga har kuni poshnali tufli kiyishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, o‘zingizga qulayini tanlang.

Tuflingiz qanchalik qulay bo‘lsa ham, baribir biror kun undan ham qulayrog‘iga almashtirishni xohlab qolishingiz ehtimoldan xoli emas. Shuning uchun har doim stolingiz tagida bir-ikki juft baletkalar zaxirada turishi maqsadga muvofiqdir.

Qora, to‘q ko‘k va kulrang tusidagi oddiy kokteyl uchun ko‘ylaklar har qanday vaziyatda ham chiroyli ko‘rinadi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 12:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют