» » “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda

“Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda


Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Haftalik shu yilning 3—8-aprel kunlari respublikadagi barcha umumta’lim maktablari, axborot-resurs markazlarida o‘tkaziladi. Haftalik doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, mahorat saboqlari, turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etiladi.

Mazkur loyihaning asosiy vazifasi axborot-kutubxona muassasalari va maktab kutubxonalarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlariga sharoit yaratish, kitobxonlikni eng muhim madaniy ehtiyoj sifatida ommalashtirish, o‘quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan mehrni o‘yg‘otish, oilada va ta’lim muassasasida mutolaa muhitini yuzaga keltirish va ijodkor o‘quvchilarni taqdirlashdan iborat.

Haftalik yakunlari bo‘yicha unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют