» » Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini davlat organlari va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini davlat organlari va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi


Prezident qaroriga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Raqobat qo‘mitasining monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Qo‘mita o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida Bosh vazirga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan alohida masalalar bo‘yicha bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart.

Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda qo‘mita vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart;

Qo‘mita raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha tegishli ravishda vazir, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют