» » Toshkentdagi xonadonladan biriga o‘g‘rilikka tushgan 6 niqobli bosqinchi qo‘lga olindi (video)

Toshkentdagi xonadonladan biriga o‘g‘rilikka tushgan 6 niqobli bosqinchi qo‘lga olindi (video)


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biriga bostirib kirgan bosqinchilar qo‘lga olindi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida ko‘rsatuv namoyish etildi, deb xabar berdi UZ24.

16-yanvardan 17-yanvarga o‘tar kechasi soat 02:30 da 6 kishidan iborat jinoiy guruh yuzlariga niqob, qo‘llariga qo‘lqop va temir bo‘lagi hamda yog‘ochdan yasalgan tayoq bilan qurollanib, xonadonga bostirib kirgan.

Ularning bu xatti-harakati xonadonda o‘rnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Jinoiy guruh a’zolarining 4 tasi devor oshib xonadonga kirib olib, tashqarida qolgan 2 ta sherigiga darvozani ochib bergan. Bu paytda xonadon egalari uyda bo‘lishmagan. Uyda bo‘lgan qorovul va enaga bosqinchilarni sezishmagan.

Jinoiy guruh a’zolari ushbu xonadondan ko‘p miqdorda pullarni va boshqa moddiy boyliklarni olib ketmoqchi bo‘lib turgan vaqtida uy egasi kelib qoladi. Tashqariga chiqqan qorovul bosqinchilarni uy egasi bilan birga kelgan mehmon deb o‘ylab salomlashmoqchi bo‘lganda bosqinchilar unga turli tan jarohatlari yetkazib, qochib ketishgan. Xonadon egasi ularning ortidan quvlab, ulardan birini ushlab oladi va ichki ishlar xodimlariga topshiradi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoiy guruhning boshqa a’zolari ham o‘sha kunning o‘zida ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha JKning 164-moddasi 4-qismi (bosqinchilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют