» » “Ipak yo‘li” Xalqaro universiteti 2019—2020-o‘quv yilida 400 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi

“Ipak yo‘li” Xalqaro universiteti 2019—2020-o‘quv yilida 400 nafar talabani o‘qishga qabul qiladi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Ipak yo‘li” Xalqaro universitetining ta’lim va tarbiya bo‘yicha prorektori Bahodir To‘rayev universitet 2019—2020-o‘quv yilida umumiy hisobda 400 nafar talaba qabul qilishini aytdi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Viktoriya Abdurahmonova ma’lum qildi.

Talabalarning 300 nafari kunduzgi va 100 nafari sirtqi ta’limga qabul qilingan. Shuningdek, beshta yo‘nalishda magistratura bosqichini ochish rejalashtirilgan bo‘lib, qabul kvotasi taxminan 90 tani tashkil etadi.

Samarqanddagi ushbu universitet Shavkat Mirziyeyov tashabbusi bilan Shanxay hamkorlik takilotiga a’zo mamlakatlarning sa’y-harakatlari bilan ochilgan. Unda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi.

Uning asosiy vazifalaridan biri — turizm industriyasining jahon bozorida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mavjud mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdir.

Bu borada universitetga Ispaniya, Indoneziya, Rossiya davlatlaridan kelgan doktorlar, fan nomzodari va o‘qituvchilar, shuningdek, Xitoy, Fransiya, AQSh va Malayziyadan taklif etilgan ma’ruzachilar yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2019, 19:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют