» » Morata Madridga qaytdi, ammo “Real”ga emas

Morata Madridga qaytdi, ammo “Real”ga emas


Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Alvaro Morata Madridga kelib, Diyego Simeone qo‘l ostidagi “Atletiko”da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

Xabar berilishicha, 26 yoshli ispaniyalik hujumchi tez orada Madrid klubi bilan shartnoma imzolaydi. “Atletiko” klubi Moratani 2019/20-yilgi mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi. Madridliklar futbolchi uchun “Chelsi”ga 7,5 million yevro to‘laydi.

Bundan tashqari, ijara shartnomasida 40-45 million yevro evaziga hujumchini sotib olish bandi ham mavjud.

Morata 2017-yil “Chelsi”ga Madridning “Real” klubidan 66 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik ushbu mavsumda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют