» » Rasman: “Yuventus” futbolchisi Qatar klubiga o‘tdi

Rasman: “Yuventus” futbolchisi Qatar klubiga o‘tdi


Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Mehdi Benatia Qatarning “Al-Duhayl” jamoasi tarkibiga kelib qo‘shildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

Uning transfer narxi 8 million yevroni tashkil etdi. Arablar ushbu mablag‘ni joriy yil oktabr oyiga qadar ikkiga bo‘lib to‘laydi. Bundan tashqari “Keksa sinyora” bonus sifatida 2 million yevro ham qo‘lga kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda “Yuventus” klubi Benatiani “Bavariya”dan ijaraga olgan edi. Bir yil o‘tib esa uni 17 million yevro evaziga to‘liq sotib olgandi.

Marokashlik futbolchi “Yuventus” tarkibida (barcha musobaqalarda) 59 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Benatia turinliklar bilan 2 marta Italiya chempioni va 2 karra Italiya Kubogi g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” klubi Mehdi o‘rniga “Zenit” himoyachisi Branislav Ivanovichni jamoaga olib kelishni ko‘zlamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют