» » Angrenda yangi zamonaviy temir yo‘l vokzali qad rostladi

Angrenda yangi zamonaviy temir yo‘l vokzali qad rostladi


Angren shahrida yangi zamonaviy temir yo‘l vokzali qad rostladi, deb xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Binoning bosh rejasi “Toshtemiryo‘lloyiha” MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Shaharning markazida joylashgan vokzalda bir vaqtning o‘zida qariyib 100 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bino zamon talablari darajasida bunyod etilgan.

Vokzal binosida kutish, VIP zallari, tibbiyot punkti, ona-bola xonasi, bufet, ko‘chma savdo nuqtalari, elektron ma’lumotlar markazi va tablosi mavjud. Yo‘lovchilarning vaqtlarini tejash maqsadida vokzal hududida temir yo‘l kassasi ham qurilgan.

Shuningdek, loyiha doirasida temiryo‘lchi quruvchilar tomonidan uzunligi 250 metr bo‘lgan perron ham yangidan bunyod etildi. Inshootning isitish va sovutish tizimiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida video kuzatuvlar, shuningdek, yong‘in xavfsizligi uchun maxsus chiqish yo‘laklari ham tashkil etilgan.

Yangi bunyod etilgan Angren temir yo‘l vokzali yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Endilikda bu yerda uchta mahalliy va bitta xalqaro yo‘nalishdagi poezdlarning to‘xtab o‘tishi rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют