» » Toshkent shahrida Nexia’da uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda

Toshkent shahrida Nexia’da uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan 26 yoshli yigit qidirilmoqda


Toshkent shahar IIBB xodimlari bedarak yo‘qolgan 26 yoshli Davronbek Sherboyevni qidirmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

2019-yilning 28-yanvar kuni Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi ayol ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U joriy yilning 15-yanvar kuni taxminan 12:30 larda 26 yoshli o‘g‘li Davronbek Sherboyev Nexia avtomobilida (davlat raqami 40 U 041 KA) noma’lum yo‘nalishda ketgan va bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Ayolning so‘zlariga qaraganda, Davronbek avval ham bir necha kunlab uyga kelmaganligi sababli o‘g‘lining yo‘qolganligi haqida darhol xabar bermagan. Qidiruv tadbirlari davomida D.Sherboyev 29-yanvar kuni chegaradan o‘tib (mashinasiz), bir muddat Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lganligi, biroq shu kunning o‘zidayoq ortga qaytganligi aniqlandi. Bedarak yo‘qolgan D.Sherboyevni qidirish ishlari davom etmoqda.

U haqda biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan IIB yoki “102” raqamiga murojaat qilish so‘raladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют