» » Shveysariya, Kanada va Buyuk Britaniya dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingida yetakchi o‘rinlarni egalladi

Shveysariya, Kanada va Buyuk Britaniya dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingida yetakchi o‘rinlarni egalladi


US News & World Report jurnali BAV Consulting kompaniyasi va Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda tuzgan dunyoning eng yaxshi davlatlari reytingida 80 mamlakat orasida Shveysariya birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ekspertlar mamlakatlarni 9 yo‘nalish, jumladan, sayyohlik, ijtimoiy soha, madaniyat, innovatsiyalar, iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari, biznes uchun ochiqlik, dunyo sahnasiga ta’siri, tarixiy meros va aholining turmush darajasi bo‘yicha baholadi.

Ro‘yxatdagi keyingi o‘rinlarni Kanada va Buyuk Britaniya egalladi. Eng yaxshi davlatlar o‘nligiga Germaniya, Yaponiya, Shvetsiya va AQSh ham kirdi. Rossiya 27, Ukraina esa 73-o‘rinda qayd etildi.

Reyting uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sotsiologik so‘rovda dunyoning 36 mamlakatidan 20 mingdan ortiq kishi qatnashdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют