» » Jahon Markaziy banklari 2018-yilda rekord darajada oltin sotib oldi

Jahon Markaziy banklari 2018-yilda rekord darajada oltin sotib oldi


2018-yilda jahonning Markaziy banklari 651,5 tonna oltin sotib olgan, bu esa avvalgi yildan 74 foizga ko‘p, deya xabar beradi “Spot”.

Shuningdek bu 1971-yildan buyon eng sezilarli ko‘rsatkich sanaladi. Metallning umumiy qiymati — 27 milliard AQSh dollarga teng.

World Gold Council hisobotiga ko‘ra, xaridni oshishi Rossiya tomonidan faol tarzda oltin sotib olinishi bilan bog‘liq. Metall sotib olish bo‘yicha Turkiya va Qozog‘iston yetakchilik qilgan. Shu bilan birga dastlabki olti oyda 10 foizga tushgan oltin bahosi ikkinchi yarim yillikda xarid hajmining ortgani sababli oshishiga olib kelgan.

“Aksariyat bozori rivojlanib borayotgan mamlakatlarning markaziy banklari sezilarli darajada dollar xavfi ostida, va ular ushbu xavfini oltin zahirasi bilan boshqarishi kerak”, — deydi bozorlarni tahlil qilish bo‘yicha WGC bo‘lim boshlig‘i Alister Xyuitt.

Mavzuga doir: O‘zbekiston 2018-yilda 2,9 milliard AQSh dollarga oltin sotdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют