» » Nyu-Jersi aeroporti avtoturargohidagi yong‘in oqibatida 17 ta mashina yonib ketdi (video)

Nyu-Jersi aeroporti avtoturargohidagi yong‘in oqibatida 17 ta mashina yonib ketdi (video)


31-yanvar kuni Nyu-Jersi aeroporti avtoturargohida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Forum Daily.

Yong‘in oqibatida 17 ta mashina zarar ko‘rgan bo‘lib, ulardan 15 tasi butunlay yonib ketgan.

Xabarda aytilishicha, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, jabrlanganlar yo‘q. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in dastlab mashinalardan birida sodir bo‘lgan.

Ushbu mashina egasi politsiyaga bir necha hafta oldin mashina generatorini ta’mirlaganini aytgan. Yong‘in generator nosozligi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

Ammo haydovchi mashinasi holatini tekshirgani kelgan vaqtda aeroport qo‘riqchilar uni ushlab qolgan. Shu sababli politsiya ushbu mashina egasiga hech qanday ayblov qo‘ymagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют