» » Venesuelalik deputat Markaziy bankning Rossiya samolyotida 20 tonna oltin olib chiqish rejasi haqida bilib qoldi

Venesuelalik deputat Markaziy bankning Rossiya samolyotida 20 tonna oltin olib chiqish rejasi haqida bilib qoldi


Rossiyaning Boeing 777 samolyoti 28-yanvar kuni Karakasga mamlakat markaziy bank zahirasidan 20 tonna oltin olib chiqish maqsadida qo‘ngan, deya xabar beradi “Vedomosti”.

Venesuela milliy assambleyasi deputati Xose Gerra o‘zining Twitter’dagi sahifasida bu haqda ma’lum qilar ekan, so‘zlariga aniq dalil keltirmadi, biroq u o‘tmishda markaziy bankda iqtisodchi bo‘lib ishlagani va u yerdagi sobiq hamkasblari bilan muloqotni davom ettirayotganini qayd etgan.

Taxminlarga ko‘ra, Markaziy bank 840 million AQSh dollarlik 20 tonna oltin olib chiqmoqchi. Bu Venesuela oltin zaxirasining beshdan bir qismidir.

Nordwind Airlines aviatashuvchisining Boeing 777 samolyoti Moskvadan Karakasga uchgani haqida “Novaya gazeta” nashri xabar bergan.

Nashrga ko‘ra, samolyotda yo‘lovchilar bo‘lmagan. FlightRadar24 ma’lumotlariga ko‘ra, xuddi shu kuni samolyot Karakas xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Nordwind vakili parvozning maqsadini aytishdan bosh tortgan. Venesuela moliya vaziri Simon Serpa oltin haqida izoh bermadi va aeroportda hech qanday Rossiya samolyoti yo‘qligini ma’lum qilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Kreml Nordwind samolyoti haqida hech narsa bilmasligini aytgan.

Buni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham tasdiqlagan. U, shuningdek, hukumat Venesueladan ruslarni evakuatsiya qilishni rejalashtirmayotganini ham qo‘shimcha qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют