» » Andijonda 5 yoshli qizchaning o‘limida ayblanib uning qo‘shnisi qo‘lga olindi

Andijonda 5 yoshli qizchaning o‘limida ayblanib uning qo‘shnisi qo‘lga olindi


Joriy yil 28-yanvar kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida besh yoshli qizchaning jasadi topildi. Uning qo‘shnisi M.I. qotillikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, hodisa dushanba kuni taxminan 14:00 atrofida sodir bo‘lgan. Sodir etilgan jinoyatni yashirish maqsadida M.I. qizchaning oyoq kiyimlarini hojatxonaga tashlab yuboradi, uning jasadini esa sintetik qopga joylashtirib, yashash xonasidagi pol ostiga ko‘mib qo‘yadi.

O‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan 28-yanvar kuni Paxtabod tumani prokurori tomonidan M.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 30 yanvar kuni M.I.ga ayblov e’lon qilinib, shu kuni unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. Tergovning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют