» » Louis Vuitton prezidenti bir kunda 4,3 mlrd dollarga boyib ketdi

Louis Vuitton prezidenti bir kunda 4,3 mlrd dollarga boyib ketdi


Louis Vuitton Moet Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti va asosiy egasi Bernar Arno bir kunda 4,3 mlrd dollarga boyib ketdi, deb xabar berdi Spot.

Bernar Arno boyligi LVMH birja kursining oshishi sharoitida yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilganidan so‘ng oshgan. Kompaniya aksiyalari 6,9 foizga, har bir aksiya uchun 279 yevrogacha o‘sgan bo‘lib, bu 2016-yildan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.

Uning boyligi yil boshidan buyon 8,3 milliard dollarga o‘sib, 76,9 milliard dollarni tashkil etgan.

Arno dunyoning eng boy odamlari reytingida Amazon asoschisi Jeff Bezos, Microsoft asoschisi Bill Geyts va Berkshire Hathaway asoschisi Uorren Baffetdan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют