» » “Yuventus” Marselo uchun 45 mln yevro to‘lashga tayyor

“Yuventus” Marselo uchun 45 mln yevro to‘lashga tayyor


“Yuventus” hali ham “Real” himoyachisi Marseloni sotib olish niyatida, deb xabar beradi Tuttosport.

Joriy mavsum oxirida turinliklar 30 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 45 million yevrolik taklif bilan chiqadi. Klub Marseloga yiliga 12 million yevro maosh berishga tayyor.

Himoyachining “Real” bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilning yozida nihoyasiga yetadi.

“Yuventus” klubi Aleks Sandroni APLning top-klublaridan biriga sotishni rejalashtirmoqda. Undan tushgan mablag‘ning bir qismini Marseloni sotib olishga sarflaydi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Marselo 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq Madrid klubi bosh murabbiyi Santyago Solari himoyachining ortiqcha vazni sabab asosiy tarkibga kira olmayotgani haqida ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют