» » APL. “Chelsi” “Haddersfild” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)

APL. “Chelsi” “Haddersfild” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)


2-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 25-turi doirasida 6 ta uchrashuv yakunlandi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Londonning “Chelsi” klubi o‘z maydonida “Haddersfild”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuvning 16-daqiqasida Ngolo Kante uzatgan to‘pni Gonsalo Iguain kuchli zarb bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Bu argentinalik futbolchining Premyer liga musobaqasidagi dastlabki goli hisoblanadi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqalarida hakam tomonidan “Haddersfild” darvozasi tomon penalti belgilandi. London klubi yetakchisi Eden Azar bundan unumli foydalandi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

2-bo‘limning 66-daqiqasida Eden Azar jamoasining 3-golini urdi va dublga erishdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib Gonsalo Iguain hisobni yiriklashtirdi va u ham dubl qayd etdi. 86-daqiqada esa David Luis burchak zarbasidan oshirilgan to‘pga boshi bilan zarba berdi va himoyachiga teggan to‘p darvoza to‘ridan joy oldi (5:0).

Shu tariqa Mauritsio Sarri shogirdlari “Haddersfild” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

APL

25-tur bahslari

2-fevral, shanba

Gollar: 0:1 — 55 Redmond, 1:1 — 90 Barns.

Gollar: 1:0 — 16 Iguain, 2:0 — 45, penalti, Azar, 3:0 — 66 Azar, 4:0 — 69 Iguain, 5:0 — 86 Luis.

Gollar: 1:0 — 25 Milivoyevich, 2:0 — 87 Shlupp

Gollar: 0:1 — 7, penalti, Neves, 1:1 — 27 Gomish, 1:2 — 45 Himenes, 1:3 — 66 Dendonker.

Gollar: 1:0 — 5, penalti, Rid, 2:0 — 46 Rid.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 01:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют