» » “Napoli” Madridning “Real” klubini qoldirib ketishi uchun biroz qovun pishig‘i borligi aniq bo‘ldi

“Napoli” Madridning “Real” klubini qoldirib ketishi uchun biroz qovun pishig‘i borligi aniq bo‘ldi


Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga birinchilardan bo‘lib “Qirollik klubi” yo‘l oldi. Nimchorak finalning javob o‘yini uchun Neapolga tashrif buyurgan Zidan jamoasi Madriddagi dastlabki o‘yin kabi 3:1 hisobida zafar quchdi.

O‘yinning borishi birinchi uchrashuvdagi kabi bo‘ldi va hisob italiyaliklar tomonidan ochildi. 24-daqiqada belgiyalik hujumchi Dris Mertensning aniq zarbasi “Napoli” muxlislariga ishonchni qaytarib berdi.

Yana bitta aniq zarba “Napoli” uchun yetarli bo‘lishi mumkin edi. Biroq keyingi gollar ispaniyalik futbolchilar tomonidan urildi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida Serxio Ramos muvozanatni tiklagan bo‘lsa, keyinroq Dris Mertens o‘z darvozasiga ham gol ura olishini isbotladi. O‘yindagi so‘nggi gol o‘z vaqtida Italiya A seriyasida to‘p surgan Alvaro Morata tomonidan kiritildi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:2 hisobida zafar quchgan “Real” chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Neapolliklar esa joriy mavsum hisobidan xalqaro maydon bilan xayrlashdi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” bo‘lib, so‘nggi mavsumda Madrid klubi shaharning boshqa bir jamoasi “Atletiko”ni finalda taslim qilgandi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
7-mart, seshanba

Gollar: Dris Mertens, 24 (1:0). Serxio Ramos, 51 (1:1). Dris Mertens, 57-avt (1:2). Alvaro Morata, 90+1 (1:3).
Dastlabki uchrashuv: 1:3

Опубликовано: admin (8-03-2017, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют