» » O‘zbekistonda energetika vazirligi tashkil etildi. Unga Alisher Sultonov rahbar bo‘ldi

O‘zbekistonda energetika vazirligi tashkil etildi. Unga Alisher Sultonov rahbar bo‘ldi


O‘zbekistonda energetika sohasidagi yagona davlat siyosatini o‘rnatuvchi yangi vakolatli organ — energetika vazirligi tashkil etildi. Vazirlikka O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov rahbar bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Shu munosabat bilan Alisher Sultonov hozirda egallab turgan lavozimi — geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbarligidan ozod etildi.

“O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJdan davlat-hokimiyat vakolatlarini energetika sohasida mazkur davlat boshqaruvi organiga o‘tkazish nazarda tutilgan.

1967-yilda tug‘ilgan Alisher Sultonov 2017-yilning 1-noyabridan boshlab Bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют