» » O‘zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etildi

O‘zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etildi


O‘zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Vazirlik:

O‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

Davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek, energiya resurslarini iste’mol qilish samaradorligining monitoringini olib borish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi kelgusida Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi etib;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi kelgusida Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.

“Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq yangi vazirlikka Bosh vazir o‘rinbosari Alisher Sultonov rahbar bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют