» » Rossiyada ozbek tilini nima uchun organishmoqda?

Rossiyada ozbek tilini nima uchun organishmoqda?


Toshkent va Moskva orasidagi munosabatlar faol rivojlanib borayotgan bugungi kunda rossiyaliklar uchun ham ozbek tilini organishga ehtiyoj paydo bolmoqda, deb yozadi Sputnik.

Moskva davlat lingvistika universitetida talabalar ozbek tilini ikkinchi xorijiy til sifatida organishmoqda. Buning uchun birinchidan talaba bolish, ikkinchidan kamida 4 yil darslarga qatnashish kerak boladi.

Boshqalar esa, ozbek tilini organish uchun faqat repetitor yollashi yoki mustaqil ravishda organishi kerak boladi.

Ushbu sohada Rossiyada yaqinda yana bir qiziq imkoniyat paydo boldi ozbek tilining internet maktabi Uzbekonline.ru. Darslar 12 hafta davomida 24 soatdan davom etadi. Kurs jadvali oquvchi vaqtiga qarab belgilanishi mumkin.

Uzbekonline internet-maktabining asoschisi Laziza Azimova Sputnik muxbiri bilan bolgan suhbatda ozbek tilini organishga kimlar kelayotganini va qanday qoidalarni organishda oquvchilar qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida sozlab berdi.

Maktabimizda 25 yoshdan katta bolgan oquvchilar tahsil oladi. Ular, asosan, ish faoliyatida ozbek tilidan foydalanadiganlar yoki uyidan uzoqda ozbek tilini unutmaslik uchun takrorlashni istaydiganlar, deydi Azimova.

Oquvchilarning ayrimlari Ozbekiston hududida, bazilari esa xorijiy mamlakatlardan turib darslarda ishtirok etadi.

Odatda ular ozbeklarning turmush ortoqlari yoki Rossiyada ozbeklar bilan ishlaydiganlar. Ular qol ostidagilar rus tilini organgunicha ozlari ozbek tilini organib olishni afzal korishadi, deydi Uzbekonline asoschisi.

Azimova aytishiga qaraganda, Rossiyada hozir ozbek tilini bilish talab qilinayotgan vakansiyalar ham bor. Masalan, uyali aloqa saloni operatorlari.

Azimova aytishiga qaraganda, oquv jarayonida eng qiyini grammatika.

Uni nafaqat tushunish va eslab qolish kerak, balki amalda qollashni ham bilish kerak. Oshanda oqish jarayoni ham ancha osonlashadi, deydi Azimova.

Lekin internet-maktabga kelayotgan aksariyat oquvchilar tezroq ozbek tilida sozlashishni va talaffuz qilishni organib olishni istaydi.

Biz oz oldimizga bolajak filologlar yetishtirishni maqsad qilib qoymaganmiz. Bizning oquvchilar olgan bilimlarini darhol amalda qollab, ozbek tilida tezroq gaplashishni boshlashni istaydiganlar, deydi mutaxassis.

Azimova aytishiga qaraganda hozirgi paytda u qozoq tilini organish boyicha ham koplab sorovnomalar olmoqda. Shu sabab internet-maktab yaqin orada boshqa Markaziy Osiyo tillarni ham orgatishni boshlashi mumkin.

Uzbekonline malumotiga kora, ozbek tilida dunyoda 40 milliondan ortiq kishi sozlashadi. Ozbek tilini bilgan kishi turk, ozarbayjon, qirgiz, qozoq va uygur tillarini ham tushunishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-02-2019, 22:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -