» » O‘zbekiston ilk bor Berlin xalqaro kinofestivalida milliy paviloni bilan ishtirok etadi

O‘zbekiston ilk bor Berlin xalqaro kinofestivalida milliy paviloni bilan ishtirok etadi


O‘zbekiston delegatsiyasi 715-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa kinobozorida ilk bor o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etadi. Mazkur yirik kinematografiya biznesi maydonchasi “Berlinale”, ya’ni Berlin xalqaro kinofestivali doirasida tashkillashtiriladi. Bu haqda Daryoga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi hamda Yevropa kinobozori o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra bu yil kinomarketning yuzlab stendlari orasida O‘zbekiston milliy paviloni ham bo‘ladi. Unda mamlakatning tajribali va yosh kinomutaxassislaridan iborat delegatsiya qatnashib, xorijiy kinokompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish (koprodakshn) hamda chet el kinokompaniyalarini mamlakatga filmlar suratga olish uchun taklif qilish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni maqsad qilgan.

Ushbu pavilonni tashkillashtirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi 2018-yilda Prezidentning milliy kinoindustriyani rivojlantirishga doir qaroriga muvofiq tashkil etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют