» » WBA yanvar oyi yakuni bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi, o‘zbekistonlik bokschilar o‘rni esa o‘zgarmadi

WBA yanvar oyi yakuni bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi, o‘zbekistonlik bokschilar o‘rni esa o‘zgarmadi


Xalqaro boks assotsiatsiyasi (WBA) yanvar oyi yakuni bo‘yicha yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Unga ko‘ra, birinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida jang qilayotgan bokschi Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oyda jang o‘tkazmagan bo‘lsa-da, o‘z o‘rnini saqlab qoldi (1-o‘rin) va jahon chempionligi kamari uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi.

Shuningdek, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (15 ta jang barchasida g‘alaba qozongan, 14 ta nokaut) 5-o‘rinni, Shahram G‘iyosov (6 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) 15-o‘rinni egalladi. Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Isroil Madrimov (1 ta g‘alaba) esa reytingda 9-o‘rindan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют