» » Toshkentda OTMlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkentda OTMlarda ingliz tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 5-fevral kuni “Ingliz tilini o‘qitish islohotida muhim muvaffaqiyat omillari va vazifalari” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, universitet huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oliy o‘quv yurtlarining ingliz tili kafedralari rahbarlari va o‘qituvchilari, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan mutaxassislar ishtirok etdi.

Anjumanda Buyuk Britaniyadan ingliz tilini o‘qitish islohotlari bo‘yicha mutaxassis Rod Bolayto, ingliz filologiyasi bo‘lmagan mutaxassisliklar uchun til o‘qitish eksperti Jef Stenford, Britaniya Kengashining zamonaviy metodikaga asoslangan ingliz tili ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha eksperti Viktoriya Klark sohaga oid turli mavzularda taqdimotlar o‘tkazdi. Til o‘qitish va baholashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, uzluksiz kasbiy rivojlanishning muhimligi, jumladan, ustoz-shogird dasturining ahamiyati xususida muhokamalar tashkil etildi.

– 2018-yilda O‘zbekistonning 27 oliy ta’lim muassasasida Britaniya Kengashining kasbiy rivojlanish markazlari ochildi, – deydi Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ingliz tili loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Saida Ergasheva. – Endilikda o‘qituvchilar va talabalar uchun maxsus o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda. Markazlar Britaniya Kengashi tomonidan taqdim etilgan ingliz tilidagi kasbiy rivojlanish bo‘yicha to‘plamlar, badiiy adabiyotlar va video materiallar bilan ta’minlangan. Ushbu anjuman ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Anjumanda ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda asosan 4 vazifaga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ingliz tiliga oid o‘quv dasturlari, o‘quv materiallar, malakali o‘qituvchilar tayyorlash, test va baholash tizimini takomillashtirishni hisobga olgan holda keyingi islohotlar uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Britaniyalik mutaxassislar ingliz tili ko‘nikmalarini baholash uchun ishlab chiqilgan maxsus testlar haqida ma’lumot berdi.

Ikki kun davom etadigan anjuman doirasida ishtirokchilar Buxoro davlat universitetida ingliz tilini o‘qitish tizimi va kasbiy ta’lim markazlarining faoliyati bilan tanishadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2019, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют