» » “Barselona”ning yangi xaridi sabab Ivan Rakitich klubdan ketishni xohlamoqda

“Barselona”ning yangi xaridi sabab Ivan Rakitich klubdan ketishni xohlamoqda


“Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitichga Yevropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport.es.

30 yoshli xorvatiyalik futbolchiga PSJ hamda “Chelsi” da’vogarlik qilmoqda. Agarda mavsum oxirida Rakitich “Barselona”dan ketadigan bo‘lsa, Parij va London klublari futbolchini sotib olishga tayyor.

Futbolchi “Kamp Nou”ni tark etishi haqidagi gap-so‘zlar Kataloniya klubining “Ayaks” yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan tuzgan shartnomasidan so‘ng paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Ivan Rakitich 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют